Toshkent ekologiya boshqarmasi boshlig‘i qo‘lga olindi
Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i Farhod Dehqonov ehtiyot chorasi sifatida qo‘lga olindi.
Prokuraturaga ko‘ra, u Jinoyat kodeksining 205-moddasi (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) ikkinchi qismi «a» bandida ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.
Farhod Dehqonov mazkur lavozimga 2021 yil noyabrda tayinlangan edi.
Avvalroq Chilonzor ko‘chasida daraxtlarni noqonuniy kesilishi bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida 3 nafar gumonlanuvchi Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter