Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyi o‘quvchisi xalqaro olimpiada g‘olibi bo‘ldi
![Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyi o‘quvchisi xalqaro olimpiada g‘olibi bo‘ldi](https://static.xabaruz.com/crop/3/3/720_460_95_331626879.jpg)
Birlashgan Arab Amirligida bo‘lib o‘tgan 34-Xalqaro Biologiya olimpiadasi (IBO-2023)da O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Ana shu g‘olib yoshlarimiz safida Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyining 2-kurs o‘quvchisi Muhammadibrohim Egamberdiyev ham bor.
Ma’lumot uchun, BAAning Al-Ayn shahrida bo‘lib o‘tgan mazkur olimpiadada 80 mamlakatdan jami 310 nafar o‘quvchi ishtirok etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter