«Toshkent-Nurafshon» yo‘lida «Damas» butkul yonib ketdi
Kecha, 19 mart kuni soat 17:30 larda Toshkent viloyati, O‘rtachirchiq tumani hududidan o‘tuvchi «Toshkent-Nurafshon» avtomobil yo‘lining 22-kilometrida haydovchi B.A. boshqaruvidagi «Damas» rusumli transport vositasida yong‘in sodir bo‘lgan. Voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar yetib kelishgan va yong‘in bartaraf etilgan.
Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Transport vositasi saloni va texnik qismlari yonib ketgan. Yong‘in yuzaga kelish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.
Hurmatli haydovchilar boshqaruvingizdagi transport vositasining texnik sozligiga e’tiborli bo‘lishingizni so‘rab qolamiz.
O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter