Toshkent metrosining ayrim bekatlari vaqtincha yopildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 12 iyuldagi 387-F sonli farmoyishi talablarini bajarilishini ta’minlash maqsadida Toshkent shahri Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan «Qo‘yliq» dehqon bozori tomon qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichining metropoliten yer usti halqa yo‘lining 6 va 7 bekatlari oralig‘i yer ustki qismida qolip konstruksiyalarini o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.
Shu munosabati bilan 7 bekat 2022 yil 11 iyul kunidan 18 iyul kuniga qadar yo‘lovchilarga vaqtincha xizmat ko‘rsatmaydi. Yer usti halqa yo‘li yo‘nalishida poyezdlar harakati «Do‘stlik 2» bekati bilan 6 bekat oralig‘ida tashkil etiladi.
Shuningdek, 2022 yil 11 iyul kunidan avgustga qadar yer usti halqa yo‘lida poyezdlar harakati soat 05-00 dan 23-00 gacha amalga oshiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter