Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Toshkent metropoliteni» aholiga murojaat qildi

«Toshkent metropoliteni» aholiga murojaat qildi

Foto: Xabar.uz

Toshkent metropoliteni Yer usti halqa yo‘lining 2-bosqichidagi Qo‘yliqdan Quruvchilar dahasigacha bo‘lgan 5 ta metro bekatida poyezdlarning sinov tariqasidagi harakati o‘z yakuniga yetkazilmoqda.

Bu haqda «Toshkent metropoliteni» xabar bermoqda. 

Shu munosabat bilan ushbu yangi bekatlarni 1-bosqichda barpo etilgan bekatlar bilan texnik jihatdan o‘zaro bog‘lash maqsadida, joriy yilning 19-aprel sanasida Yer usti halqa yo‘lining 7-bekatida (Qo‘yliq) poyezdlar harakati to‘xtatiladi.

Shu kunda poyezdlar harakati «Do‘stlik-2»—«6-bekat» oralig‘ida tashkil etiladi.

Shuningdek, yo‘lovchilar uchun 6-bekatdan 7-bekatga qadar qo‘shimcha avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring