Toshkent markazida bir nechta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Joriy yilning 3 aprel kuni soat 21:10larda, Toshkent shahar, Mirobod tumani, Shahrisabz va Amir Temur ko‘chalari kesishgan chorrahada:
1) haydovchi, 1999 yilda tug‘ilgan A.A. boshqaruvidagi «Lacetti» rusumli;
2) haydovchi, 1977 yilda tug‘ilgan R.K. boshqaruvidagi «Toyota» rusumli;
3) haydovchi, 2000 yilda tug‘ilgan J.Sh. boshqaruvidagi «Spark» rusumli;
4) haydovchi, 1994 yilda tug‘ilgan Sh.X. boshqaruvidagi «Malibu» rusumli;
5) haydovchi, 2001 yilda tug‘ilgan J.S. boshqaruvidagi «Nexia» rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.
Natijada, «Nexia» rusumli avtomobil haydovchisi J.S.ga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter