Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent. «Ko‘cha» jonlanib, yana «dolya» talabiga o‘tmoqdami?

Toshkent. «Ko‘cha» jonlanib, yana «dolya» talabiga o‘tmoqdami?

Foto: «Xabar.uz»

«Feysbuk» ijtimoiy tarmog‘ida Abduqodir Muhammadrasul ism-sharifli foydalanuvchi xavotirli post qoldiribdi. Undan «ko‘cha» jonlanib, savdogarlardan «dolya» talab qilishga o‘tayotgani ehtimoli yuqori ekani anglashiladi. Foydalanuvchi shunday yozadi: 

«...Yoshligimda akalar aytishardi: «Har oyda «ko‘cha»ga pul berish kerak. Seni himoya qilishadi».

Keyinchalik «ko‘cha» ham, «uy» ham davlatni o‘zi bo‘ldi. Har oyda pul berib borardik. Himoya qilishardi. Kimdan?! O‘zlaridan, albatta. Pul bermagan savdogarning do‘koniga «ko‘cha»lar kelar, bir ayb topib, jarima solib ketishardi. Bir akamiz bir yil pul bermadi. Rosa xursand yurdi. Biz har oyda 150 (dollar)dan berib borardik. Yil oxirida akamiz do‘koniga kelib, uch kun poylab, oxiri chek urmaganlari bois jarima soldi hamda 1500 (dollar)ga va «a’zo qilib» ketdi...

2008 yil. Tumanga «dolya»sini berib borar edik. Do‘konga bir oila kirdi. Xaridlar qilishdi. Hatto farzandiga ham narsalar olishdi. Hisobda do‘llar berib chiqishdi. «Xaridorlar» ochgan eshikni soliqchilar yopishdi: «Respublikadanmiz!».

Tumanga qo‘ng‘iroq qildik. «Aka, bizlarga pul berishingizni aytmang, iltimos! Bizning kuchimiz yetmaydi. O‘zingiz hal qilib oling». 4000 (dollar) norasmiy jarima va 5-10 dona eski kiyimlardan rasmiy jarima solishdi.

Rahbarimiz o‘shanda haqiqiy ko‘chalarni qumsab qoldilar. «Ular bo‘lganida gapiga javob berardi. Bosmachi bo‘lsa ham mard edi. Pul berganga tegmasdi...».

...Uch yil avvalgi janozadan keyin bunday yozilmagan qoidalar yo‘q bo‘lgandi. Shu davr mobaynida birovga bir so‘m bermadik. Belgilangan soliqlarni to‘lab odamdek ishladik.

Kecha «ko‘chalar» kelishibdi. Yanvar oyidan yana tayyorgarlikni ko‘rarmishmiz...».

Mazkur post ikki kundan beri foydalanuvchining sahifasida turibdi. Tabiiyki,  bildirilayotgan fikr-munosabatlar ham har xil. Biroq hali birorta vakolatli organ bayonot berishga shoshayotgani yo‘q...

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring