Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent hokimi yaqinda o‘rnatilgan minorani olib tashlashga buyruq berdi

Toshkent hokimi yaqinda o‘rnatilgan minorani olib tashlashga buyruq berdi

Foto: Toshkent hokimiyati matbuot xizmati

Toshkent shahar hokimi v.b. Jahongir Ortiqxo‘jayev Mirobod va Shota Rustaveli ko‘chalari chorrahasidagi («Grand Mir» mehmonxonasi qarshisida) yaqinda o‘rnatilgan soatli minorani olib tashlashga buyruq berdi, deya xabar qilmoqda «Gazeta.uz».

Nashrning ma’lum qilishicha, minoraning o‘rnatilishi ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lgan. 

Foto: Vitaliy Khalzunov / Facebook.

Foydalanuvchilardan biri Toshkent minorasining Amerikaning Somervill shahridagi «Eslash vaqti» yodgorligi (poydevoriga okrugning 2001-yil 11-sentyabrdagi teraktlarda halok bo‘lgan 39 nafar aholisi ism-shariflari yozilgan soatli minora) bilan o‘xshash ekaniga e’tibor qaratdi. Toshkentdagi minorada ham «Time to remember» yozuvining borligi ob’yekt dizayni ko‘chirilganiga shubha qoldirmaydi.

Foto: «Troll.uz»

«So‘nggi vaqtlarda shaharning ommaviy joylarida metaldan bezaklar paydo bo‘la boshladi. Mazkur konstruksiyalarning aksariyati ijtimoiy tarmoqlarda ijobiy qabul qilinmoqda, biroq ulardan biri bahsli bo‘lib chiqdi va u Toshkent hokimi v. b. Jahongir Ortiqxo‘jayev topshirig‘i bilan tezkorlik bilan olib tashlanmoqda», — deyiladi hokimiyat xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring