Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent havosi «eng toza» deya topildi

Toshkent havosi «eng toza» deya topildi

Foto: Xabar.uz

Poytaxt Toshkent havosi dunyo shaharlari havosi sifat darajasi bo‘yicha «eng toza» ro‘yxatni boshqarmoqda.

Poytaxt havosi sifat darajasi yayni dam dunyoning 100 lab yirik shaharlari havosi ro‘yxatida so‘ngi o‘rinlardan birida turibdi.

«Poytaxt aholisi komfort havodan bahramand bo‘lib olishi mumkin. Bugun bioqlimiy sharoit ham inson fiziologik holatiga juda ijobiy ta’sirni ko‘rsatmoqda. Tabiatdan estetik zavq olish uchun ham tashqi muhit qulay darajadagi manzarani bermoqda», deya yozmoqda meteorologlar.

Eslatib o‘tamiz, 12 mart kuni O‘zbekiston bo‘ylab yaxshigina yog‘inlar kuzatildi. Jumladan, poytaxtda bir necha soatlar ichida 19 mm yog‘in kuzatilgan. Ushbu yomg‘ir Toshkentda havoning keskin tozalanishiga sabab bo‘ldi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring