Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent yer usti metrosi yo‘lida paydo bo‘lgan «o‘pirilish» haqida rasmiy ma’lumot berildi

Toshkent yer usti metrosi yo‘lida paydo bo‘lgan «o‘pirilish» haqida rasmiy ma’lumot berildi

Foto: «Xabar.uz»

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent yer usti xalqa metrosining «Do‘stlik-2» bekatidan «Qo‘yliq» bekatigacha bo‘lgan yo‘nalishining 4-bekatida «o‘pirilish»  hosil bo‘lgani haqda video tarqalgandi.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ Axborot xizmati xabariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda tarqagan «o‘pirilish» metroning 4-bekatida quruvchilar tomonidan 24 fevral kuni tungi soat 00:00dan keyin, ya’ni metro poyezdlari harakati to‘xtatilgandan so‘ng, kabel o‘tkazish ko‘prigini qurish uchun maxsus uskuna yordamida loyiha hujjatlariga asosan betonning bir qismi ochilgan.

«Metro estakadasi ostidan harakatlanuvchi piyodalar va avtomobillar xavfsizligini ta’minlash maqsadida tungi paytda ishlar tashkil qilinib, qurilish me’yor va qoidalari asosida amalga oshirilmoqda va mutaxassislar tomonidan nazoratga olingan. Xavfsizlik qoidalariga rioya etilgan. Kabel o‘tkazish ko‘prigi qurilishi estakada mustahkamligiga zarar yetkazmaydi. Maxsus darcha ochish ishlari yakunlangandan so‘ng, yo‘ldagi chiqindilar tozalangan», deyiladi rasmiy xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring