Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston temir yo‘llari uchun 220 mln yevroga 6 ta elektropoyezd xarid qilinadi

O‘zbekiston temir yo‘llari uchun 220 mln yevroga 6 ta elektropoyezd xarid qilinadi

O‘zbekiston temir yo‘llari uchun Koreya Eksimbanki ishtirokida 6 ta yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlar xarid qilinadi. Bu borada 2024 yil 14 iyunda Koreya Respublikasining «Hyundai Rotem» kompaniyasi bilan shartnoma imzolangan bo‘lib, 12 avgust kuni loyihani amalga oshirishga tdoir Prezident Qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, loyihaning umumiy qiymati 220,03 mln yevroga teng. Loyihani amalga oshirish davri esa 6 yilni tashkil qiladi.

Mazkur loyiha bilan yo‘lovchi tashishni yiliga 1,3 mln nafarga yetkazish hamda 300 nafardan ortiq qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish reja qilinyapti.

Loyihaning o‘z-o‘zini oqlash taxminiy muddati esa 25,1 yil etib belgilangan. 

Koreya Eksimbankining qarzlaridan maqsadli va samarali foydalanish bo‘yicha mas’ul ijro etuvchi organlar – «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ va uning tarkibidagi «Temiryo‘lekspress» AJ hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, 2024 yil yakuniga qadar 465 km bo‘lgan Buxoro-Urganch-Xiva, 2026 yil yakuniga qadar 196 km bo‘lgan Miskin-Nukus temir yo‘l uchastkalarida elektrlashtirish ishlarining yakunlanishi natijasida elektropoyezdlar harakati 250km/soatgacha yetkazish rejalashtirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring