Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent – Andijon avtomobil yo‘li va Qamchiq dovonida yangi tonnel qurilishi muhokama qilindi

Toshkent – Andijon avtomobil yo‘li va Qamchiq dovonida yangi tonnel qurilishi muhokama qilindi

Jahon banki tomonidan jalb qilingan «Pricewaterhouse Coopers» va «Ove Arup & Partners» (Buyuk Britaniya) kompaniyalari tomonidan tayyorlangan «Toshkent – Andijon avtomobil yo‘lini davlat-xususiy sheriklik asosida qurish» loyihasi konsepsiyasining muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 dekabrda qabul qilingan «Yo‘l sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risid» gi PQ-4545-son qarori bilan davlat xususiy sherikchilik shartlari asosida avtomobil yo‘llarini tashkil etish loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» tasdiqlangan. Unga binoan davlat xususiy sherikligi asosida Toshkent – Andijon avtomobil yo‘li qurilishi kutilmoqda.

Loyiha konsepsiyasining bugungi muhokamasi natijalariga ko‘ra tomonlar «Qamchiq dovonida yangi tonnel qurilishi» loyihasini iqtisodiy va moliyaviy jihatdan qoplash nuqtai nazaridan tezlashtirishga kelishib oldilar.

Bugungi kunda mamlakatimizda Jahon Banki ishtirokida umumiy qiymati 1 703 mln.dollar bo‘lgan loyihalar amalga oshirilmoqda, jumladan Jahon bankining 360 million dollarlik krediti jalb qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring