Yo‘l qurilishi va ta’miriga ketayotgan pullarni nazorat qilish imkoni yaratiladi
Yo‘l qurilishi va ta’miriga sarflangan pulni nazorat qilish imkonini beruvchi «Shaffof Yo’l» onlayn axborot platformasi ishga tushiriladi.
Bu regulation.gov.uz portalida joylashtirilgan Prezident qarori loyihasida nazarda tutilgan.
Yangi platformada:
- avtomobil yo‘llari qurilishi bo‘yicha barcha davlat dasturlari va mahalliy dasturlar bir joyda jamlanadi;
- qurilishi va ta’mirlanishi rejalashtirilgan yo‘llarning barchasi onlayn-xaritada yaqqol ko‘rinib turadi;
- shu xaritaning o‘zida qurilish yoki ta’mirlashni amalga oshirayotgan tashkilot, sarflanayotgan mablag‘, bajarilgan ishlarning ahvolini bevosita kuzatib borish imkoni paydo bo‘ladi;
- yo‘l jamg‘armalarining barcha tushumlari real vaqt rejimida platformada «onlayn-hisoblagich»da ko‘rinib turadi. Masalan, avtomobilingizni ro‘yxatdan o‘tkazganda yo‘l jamg‘armasiga to‘langan mablag‘ qayerga ketganini shu zahoti bilib olsa bo‘ladi;
- aholida yo‘llar nosozligi, harakatlanish uchun paydo bo‘lgan muammolar haqida foto- va videomurojaatlar qoldirish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter