«Toshkent-2025: Transformatsiya» konsepsiyasining asosiy tezislari nashr etildi
Joriy yilning may oyida «Toshkent- 2025: Transformatsiya» konsepsiyasini O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va Toshkent shahar hokimiga taqdim etganlgani haqida xabar berilgandi. Unda ekspertlarning bildirgan ko‘pgina takliflari qo‘llab-quvvatlangan.
Toshkent shahar hokimligi huzuridagi jamoatchilik kengashining ma’lum qilishicha, «Toshkent- 2025: Transformatsiya» konsepsiyasining asosiy tezislari nashr etildi. Qayd etilishicha, taqdim etilgan variant tayyor strategiya emas, balki kelajakdagi ish yo‘nalishini muhokama qilish va belgilab olish uchun dastlabki konsepsiyadir.
«Tadbirlar dasturlari, yo‘l xaritalari va NLA loyihalari bilan batafsil strategiyani tayyorlash – bularning barchasi ishimizning navbatdagi amalga oshirish bosqichi hisoblanadi», deyiladi jamoatchilik kengashi xabarida.
«Urbanistika markazi» NNTning bazasida amalga oshirilayotgan «Toshkent 2025: Transformatsiya» loyihasining asosiy qiymatini «Shahar xalq uchun» postulati belgilaydi — unda fuqarolarning manfaatlari barcha tashabbuslar markazida joylashganligi aks etgan.
Jamoatchilik tomonidan bildirilgan konstruktiv mulohazalar va takliflar tahlil qilinib, shahar hokimiyati ma’muriyatiga topshiriladi.
Hujjatni ushbu havola orqali yuklab olishingiz mumkin.
Konsepsiya Toshkent shahar hokimiyati qoshidagi Jamoatchilik kengashi ko‘magida «Urbanistika markazi» NNT tomonidan tayyorlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter