Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

To‘rtta hududda koronavirus aholi orasida keng tarqaldi. Eng yomoni, manbai noma’lumlari ham ko‘p

To‘rtta hududda koronavirus aholi orasida keng tarqaldi. Eng yomoni, manbai noma’lumlari ham ko‘p

Foto: Xabar.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 16-iyun kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida oxirgi paytda yurtimizda bu kasallikka chalinganlar soni oshgani, eng yomoni, aholi o‘rtasida ham ko‘plab ro‘y berayotganiga e’tibor qaratilgani xabar qilingandi.

Davlat rahbari so‘nggi ikki haftada kasallangan 551 nafar fuqarodan 482 tasi aynan aholi orasidan aniqlangaini qayd etdi.

Jumladan:

  • Toshkent shahrida aniqlangan 551 holatning 482tasi;
  • Toshkent viloyatida 734 holatning 79tasi;
  • Navoiy viloyatida 108 holatning 83tasi;
  • Qashqadaryo viloyatida 51 holatning 48tasi aholi orasida chiqqan.

Eng yomoni, so‘nggi ikki haftada yuqish manbai noma’lum bo‘lib qolayotganlar soni Toshkent shahrida 57tani, Navoiy viloyatida 25, Toshkent viloyatida 22 va Qashqadaryo viloyatida 3tani tashkil etgan.

Prezident karantin qoidalariga rioya etilishini ta’minlamagan hududlar, korxona va tashkilotlar rahbarlari javobgarlikka tortilishini ma’lum qildi.

«Kerak bo‘lsa, rahbarlarni ham ishdan olishga majbur bo‘lamiz. Nega desangiz, bu odamlarning xavfsizligi bilan bevosita bog‘liq», – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shuningdek, yig‘ilishda virusning yengil shakllari aniqlangan yoki kasallik alomatlarsiz o‘tayotgan fuqarolarni uy sharoitida davolash amaliyotini yo‘lga qo‘yish haqida ham ma’lum qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring