Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

To‘rtko‘lda fuqaroga 10 gektar yer olib berishni va’da qilgan rahbar ushlandi

To‘rtko‘lda fuqaroga 10 gektar yer olib berishni va’da qilgan rahbar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “A.” MChJ rahbari N.X. fuqaro X.ning ishonchiga kirib, unga To‘rtko‘l tumani hududidan bog‘dorchilik va uzumchilikni rivojlantirish yo‘nalishi bo‘yicha 10 gektar yer maydoni olib berishni va’da qilib, 30 mln so‘m pullarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan N.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring