Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

To‘rtko‘lda avtobus yonib ketdi

To‘rtko‘lda avtobus yonib ketdi

Foto: FVV matbuot xizmati.

8-iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, To‘rtko‘l tumani hududidan o‘tgan avtomagistral yo‘lida Toshkent shahridan Nukus shahriga salonida 55 nafar yo‘lovchi va 2 nafar haydovchi bilan harakatlanib kelayotgan «Yutong» rusumli yo‘lovchi tashuvchi avtobusda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida tuman FV bo‘limiga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borib, yong‘in bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida avtobus to‘liq yonib zararlangan.

Yong‘in elektr simlarining qisqa tutashuvi natijasida sodir bo‘lganligi taxmin qilinmoqda.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring