To‘rt oyda 64,2 ming o‘zbekistonlik Turkiyaga bordi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–aprel oylarida jami 64,2 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda Turkiyaga safar qildi.
Ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 17,4 ming nafarga yoki 37,1 foizga oshgan.
Yanvar–aprel oylarida Turkiyaga safar qilgan O‘zbekiston fuqarolarining safar maqsadlari quyidagicha:
- cayyohlik — 48 100 nafar;
- qarindoshlarni yo‘qlash — 14 063 nafar;
- davolanish — 883 nafar;
- o‘qish — 644 nafar;
- xizmat yuzasidan — 506 nafar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter