Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

To‘rt hududda «prava operatsiyasi» o‘tkazildi

To‘rt hududda «prava operatsiyasi» o‘tkazildi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiyo‘l shahar bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqaro J.D. fuqaro A.Ya.ga o‘zini go‘yoki Olmaliq shahar YHXB xodimi sifatida tanishtirib, unga o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashmasdan tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilib, evaziga 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Zarafshon shahar bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro I.X. fuqaro D.Sh.ning ishonchiga kirib, uni haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihondan o‘tkazib qo‘yish evaziga 600 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan.

Shu kabi, Departament hamda DXXning Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.K. fuqaro S.O.ga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 550 AQSh dollari evaziga haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihondan o‘tkazib qo‘yishini aytib, 500 AQSh dollari va 600 000 so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Qarshi shahar bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa, fuqaro T.A. fuqaro Sh.U.ga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihonlarga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasi olib berish evaziga 400 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring