To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasi favqulodda to‘xtatildi
Namangan viloyatidagi «O‘ztransgaz» AJga qarashli magistral gaz quvuri o‘tgan yer maydonida noma’lum shaxslar tomonidan kelishmasdan yerni qazish ishlari olib borilganligi natijasida To‘raqo‘rg‘on IESni yoqilg‘i bilan ta’minlovchi gaz quvuriga shikast yetkazilgan. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.
Mazkur gaz quvuriga yetkazilgan shikast natijasida To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasi favqulodda to‘xtatildi.
«Hozirgi vaqtda nosozliklarni bartaraf etish, shuningdek, elektr ta’minoti uchun zaxira quvvatlarini ishga tushirish bo‘yicha barcha choralar ko‘rilmoqda», – deyiladi vazirlik xabarida.
Shuningdek, aholi boshqa elektr stansiyalarida zaxira energobloklarini ulash bo‘yicha ishlarni bajarish uchun ma’lum vaqt zarurligi sababli ayrim hududlarda elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkinligidan ogohlantirildi.
Xabarda aytilishicha, mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter