To‘qqiz yildan beri qidiruvda bo‘lgan xavfli jinoyatchi qo‘lga olindi

Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi xodimlari giyohvandlik vositalari kontrabandasiga aloqador xavfli jinoyatchini qo‘lga oldi, deb xabar berdi «O‘zA».
Sariosiyo tumanining Sebzor mahallasida yashagan 36 yoshdagi Soli Azabov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) 2009-yil aprel oyida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 246-moddasi 2-qismi va 273-moddasi 5-qismida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib ketgandi. Qidiruvga berilgan bu shaxsning izi to‘qqiz yildan buyon topilmayotgan edi. U Tojikiston Respublikasidan mamlakatimiz hududiga kirayotgan vaqtda aniqlanib, ushlandi.
Ayni paytda ushbu ish yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter