Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

To‘qqiz oyda 34 ta ov quroli va aslahalar musodara qilingani aytildi

To‘qqiz oyda 34 ta ov quroli va aslahalar musodara qilingani aytildi

Joriy yilning o‘tgan to‘qqiz oyida Davlat ekologiya qo‘mitasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspeksiyasi tomonidan 37 543 ta qonunbuzarlik holatlari aniqlandi, deya xabar bermoqda qo‘mita matbuot xizmati.

Buning natijasida tabiatga 15  mlrd. 133 mln. so‘m zarar yetkazilgani aytiladi. Huquqbuzarlar  jami 16 mlrd.  800 mln. so‘m ma’muriy jarimaga tortilgan. 22 ta holat bo‘yicha  yetkazilgan 8 mlrd.  810 mln. so‘mlik zarar bo‘yicha  aybdorlarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

O‘tgan vaqt  ichida huquqbuzarlardan 337 dona hayvon va parranda, 1380,4 kg baliq, 49 009 kg dorivor va oziq-ovqatbop o‘simliklar,  91 ta ov qurollari, 95 ta aslahalar, 1290 ta to‘r, 46 ta elektr qarmoq va boshqa inventarlar olib qo‘yilgan.  Shundan 70 ta ov quroli huquqni muhofaza qilish organlariga topshirilgan bo‘lsa, 34 ta ov quroli va aslahalar, 23 ta inventarlar musodara qilingan, 17 ta ov quroli qaytarib berilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring