To‘qayev tinchlik yo‘lida ShHT va BRIKS kuchlarini birlashtirishni taklif qildi
BMT nizomlariga asoslangan tinchlik, barqarorlik va xavfsizlik formulasini ishlab chiqishda ShHT va BRIKS kuchlarini birlashtirish kerak. Bu masalani Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev «BRIKS plyus» formatidagi yig‘inda so‘zlagan nutqida ko‘targan.
JARning Yoxannesburg shahrida o‘tkazilgan BRIKSning 15-sammiti doirasidagi yig‘inda Q.To‘qayev ShHTning amaldagi raisi sifatida, videomuloqot orqali qatnashgan.
Qozog‘iston rahbari raqamlashtirish, elektron savdo, kiberxavfsizlik kabi yo‘nalishlarda ham ShHT, BRIKS va «BRIKS plyus» mamlakatlarining bir yoqadan bosh chiqarishi muhimligini ta’kidlagan.
ShHTning amaldagi raisi iqlim o‘zgarishi va ekologiya muammolariga ham e’tibor qaratgan.
«Iqlim o‘zgarishi jahon miqyosida uzoq muddatli salbiy oqibatlar keltirishini barchamiz tan olamiz. So‘nggi yillarda Global Janub va Markaziy Osiyo mamlakatlarida kuchli qurg‘oqchilik va boshqa tabiiy ofatlar kuzatilmoqda. Shu munosabat bilan Qozog‘iston 2024 yilni ShHT hududida Ekologiya yili deb e’lon qilishni taklif etdi», – dedi siyosatchi.
Sayyoramiz oziq-ovqat xavfsizligi haqida gapirgan Q.To‘qayev global oziq-ovqat va o‘g‘it yetkazish jabhasini siyosatdan, turli sanksiya va cheklovlardan xoli etish lozimligini qayd etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter