Nursulton Nazarboyev muhim lavozimdan iste’foga chiqdi
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev xalqqa yana bir bor murojaat bilan chiqdi.
Unda davlat rahbari mamlakat Xavfsizlik kengashi raisi lavozimini egallaganini e’lon qildi.
Shu vaqtga qadar bu lavozimda Qozog‘iston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev o‘tirgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 2 yanvar kuni boshlangan namoyishlar fonida prezident mamlakat hukumatini iste’foga chiqardi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter