Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

To‘qayev 8-martdagi konsert va bayramlarni bekor qildi

To‘qayev 8-martdagi konsert va bayramlarni bekor qildi

Foto: «RIA Novosti»

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev dunyoda koronavirus tarqalgani bois xavfsizlik maqsadida 8-martga bag‘ishlangan konsert va bayram tadbirlarini bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

«Nursultonda Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan konsert va bayram tadbirlarini bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Dunyo bo‘ylab koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat tufayli, xavfsizlik maqsadida shunday qilindi. Aziz ayollarga baxt, sog‘lik, farovonlik tilayman», — deb yozadi u «Twitter»da.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Qozog‘iston hududida ayni vaqtgacha yangi koronavirusni yuqtirish holati qayd etilmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring