Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tonga qirolligi: vulqon otilib, sunami yopirildi

Tonga qirolligi: vulqon otilib, sunami yopirildi

Foto: «Vzglyad»

Tonga qirolligiga (Tinch okeanining janubiy qismida joylashgan) sunami yopirildi, deb xabar berdi BBC News.

14 yanvar kuni ulkan Xunga-Tonga-Xunga-Xaapay suvosti vulqonining uyg‘onishi sunamini hosil qildi. Mamlakat geologiya xizmati ma’lumotiga ko‘ra, vulqondan ko‘tarilayotgan gaz, tutun va kul aralashmasining balandligi 20 kilometrga yetdi. Vulqon otilishining shovqini Yangi Zelandiyagacha yetib borgan.

Vulqon otilishining sun’iy yo‘ldoshdan olingan tasviri.

Vulqon kuli tez orada qirollik poytaxti — bu yerdan atigi 65 kilometr olisda joylashgan Nukualofa shahrini qoplab olgan.

Vulqon otilishni boshlagach, sunami xavfi e’lon qilingan. Mitti mamlakatning qirg‘oqbo‘yi aholisi yoppasiga uylarini tark etishni boshlagan.

Tonga hukumati davlat rahbari, qirol Tupou VI ni Nukualofadagi qirol saroyidan xavfsiz hududga ko‘chirgani haqida CNN xabar berdi.

Avstraliya, Yangi Zelandiya va Okeaniyaning ayrim mamlakatlarida ham sunami xavfi e’lon qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring