Tong xushxabar bilan boshlandi: ikki oltin, bir kumush!
Osiyo o‘yinlarining bugungi kuni O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli boshlandi.
Akademik eshkak eshish bo‘yicha ayollar o‘rtasida kechgan yakkalik dasturida hamyurtimiz Anna Prakaten delegatsiyamizga ikkinchi oltin medalni taqdim qildi. Kumush va bronza medallari esa Xitoy hamda Yaponiya vakillariga nasib etdi.
Akademik eshkak eshuvchilarimizdan yana bir oltin medal!
Akademik eshkak eshuvchilarimiz navbatdagi oltin medalni qo‘lga kiritishdi. Bu gal erkaklar o‘rtasida M4- dasturida ishtirok etgan Shehroz Hakimov, Davrjon Davronov, Dilshodjon Xudoyberdiyev va Alisher Turdiyev kvarteti marra chizig‘ini birinchi bo‘lib kesib o‘tishdi va uchinchi oltin medalni qo‘lga kiritishdi.
Delegatsiyamizda navbatdagi kumush medal
O‘zbekiston delegatsiyasi o‘z g‘aznasini yana bir kumush medal bilan boyitmoqda. Akademik eshkak eshish bo‘yicha M4x dasturida startga chiqqan Shahzod Nurmatov, Shahboz Xolmirzayev, Mehrojbek Mamatqulov va Sobirjon Safaraliyev kumush medalni qo‘lga kiritdi. Mazkur startda oltin medal Xitoy, bronza medali Hindiston jamoalariga nasib etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter