Tomdi tumanining uzoq yillik hokimi lavozimidan olindi
Navoiy viloyati Tomdi tumani hokimi Kayrat Aldabergenov egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Qayd etilishicha, uning ishdan olinishiga hokimning arizasi asos bo‘lgan.
Shanba kuni hokimning qarori xalq deputatlari tuman kengashi tomonidan ma’qullangan.
Hokimning moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Orzumurod Umarov Tomdi tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.
Kayrat Aldabergenov 1966 yilda viloyatning Nurota tumanida tug‘ilgan. Uzoq yillar davomida soliq organlarida ishlagan. 2009 yil 27 dekabrdan boshlab to shu kungacha Tomdi tumanini boshqargan. 2014 yilda «Do‘stlik» ordeni, 2021 yilda «Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan taqdirlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter