Tolibon vakili to‘ydagi qonli hodisani izohladi
Afg‘onistonning Nangarhor viloyatidagi to‘yda musiqa yangragan paytda hujum qilganlar «Tolibon» nomi ortida yashiringan. Bu haqda Tolibon vakili va Afg‘oniston muvaqqat hukumati madaniyat va axborot vaziri o‘rinbosari Zabiulla Mujohid Twitter orqali ma’lum qildi.
Avvalroq, «RIA Novosti» manbasining xabar berishicha, Afg‘onistonning Nangarhor viloyatida to‘y marosimida musiqa yangrashi oqibatida kamida ikki kishi toliblar qo‘lidan halok bo‘lgan, yana 10 kishi jarohatlangan.
«Kecha Nangarhor viloyatining Shamshpur Mar Gundi qishlog‘idagi ... to‘yda uch kishi Tolibon nomidan musiqa chalishni to‘xtatishni talab qilishgan... Shaxsiy adovatlari yo‘lida Islom amirligi (Tolibon siyosiy tizimi nomi — tahr.) nomidan foydalangan hodisa aybdorlari shariat qonunlariga topshirilgan», – dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ular to‘y ishtirokchilariga qarata o‘t ochishgan. Oqibatda kamida uch kishi halok bo‘ldi, yana bir necha kishi yaralandi. Ikki gumonlanuvchi qo‘lga olindi, biri qochishga muvaffaq bo‘ldi, u hozir qidiruvda.
Mehmonxonalardan birining egasi avvalroq «RIA Novosti» agentligiga toliblar Afg‘onistondagi to‘ylarda jonli musiqani taqiqlaganini, endilikda erkaklar va ayollar turli xonalarda bayram qilishlari kerakligini aytgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter