«Tolibon» vakili O‘zbekiston bilan aviatsiya texnikasi atrofidagi qarama-qarshiliklar haqida gapirdi
«Tolibon» matbuot kotibi Suhayl Shahin aviatsiya texnikasi atrofidagi qarama-qarshiliklar haqidagi savolga javob berar ekan, ular qardosh davlatlar bilan munosabatlarimizga ta’sir qilmasligini ta’kidladi.
U Islom Amirligi O‘zbekiston bilan azaldan yaxshi munosabatlarga ega bo‘lgani va ega ekanligi hamda bu davlat uzoq vaqtdan beri «Tolibon»ning siyosiy rahbariyati bilan yaxshi aloqa o‘rnatganini ta’kidladi.
«O‘zbekiston Afg‘oniston xalqiga bir necha bor insonparvarlik yordami jo‘natgan, buning uchun biz undan minnatdormiz. Bu davlat Afg‘onistondagi megaloyihalarni amalga oshirishda ishtirok etish niyatida. Biz ikkalamiz ham musulmon davlatmiz hamda bir-birimiz bilan tinchlik va birodarlikda yashashni xohlaymiz. Biz bu va boshqa har qanday masalani diplomatiya yo‘li bilan hal qilishimizga ishonaman», degan Suhayl Shahin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter