Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tolibon» Pokiston bilan chegarada harbiy amaliyot boshlagani aytilmoqda

«Tolibon» Pokiston bilan chegarada harbiy amaliyot boshlagani aytilmoqda

Illyustrativ foto

Afg‘onistonning «Tolibon» hukumati Pokiston bilan chegarada harbiy amaliyot boshlagani aytilmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Pokistonning bir nechta nazorat-o‘tkazish punkti buzilib, chegaradan o‘tilgan, kamida 19 nafar pokistonlik chegarachi halok bo‘lgan.

Harbiy mavzularni yorituvchi telegram-kanallarga ko‘ra, «Tolibon» Pokiston harbiy-havo kuchlari Afg‘onistonning Paktika viloyatida joylashgan «Tahriqi Tolibon Pokiston» guruhi bazalariga bergan zarbalarga javob qaytarmoqda. Pokistonning aviazarbalari oqibatida 46 kishi halok bo‘lgandi.

Tolibon mudofaa vazirligi Pokiston bilan chegaralarni tan olmasligini bildirdi. Xususan, vazirlik vakili Inoyatullo Xorazmiy Afg‘oniston Haybar-Paxtunxva viloyatini Pokiston hududining bir qismi deb hisoblamasligi haqida bayonot berdi.

Ayni damlarda «Tolibon» kuchlari tank, BMP va boshqa zirhli texnikalarni Pokiston chegarasiga tashlamoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring