Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tolibon» g‘alaba qilgach, Baydenning reytingi keskin tushib ketdi

«Tolibon» g‘alaba qilgach, Baydenning reytingi keskin tushib ketdi

Reuter agentligi Ipsos sotsiologik xizmati bilan birgalikda o‘tkazgan so‘rovnomaga ko‘ra, AQSh prezidenti Jo Baydenning reytingi Afg‘onistonda «Tolibon» harakatining hokimiyat tepasiga kelganidan keyin minimal darajaga tushib, jami 46 foizni tashkil etgan.

Reuters va Ipsos tomonidan 13-avgustda o‘tkazgan avvalgi so‘rov bilan solishtirganda, prezidentni qo‘llab-quvvatlash reytingi 7 foizga tushib ketdi.

Ushbu so‘rovnomada amerikaliklarning 53 foizi Baydenni qo‘llab -quvvatlashi qayd etilgandi.

Qayd etilishicha, so‘rovnomada faqat voyaga yetganlar qatnashgan bo‘lib, ularning soni haqida aniq ma’lumot keltirilmagan.

Baydenning reytinggi qulashiga Afg‘onistonda AQSh harbiylarining yigirma yillik tinchlik o‘rnatishga bo‘lgan harakati va buning uchun 143,27 mlrd dollar sarflanganiga qaramasdan, hokimiyat «Tolibon» qo‘liga o‘tgani sabab bo‘lgan.

Avvalroq, Bayden AQSh Afg‘onistondagi maqsadlariga erishgani haqida ta’kidlagandi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring