Bayden AQSh prezidentligida 2028 yilgacha qolmoqchi
AQSh prezidenti Jo Bayden o‘z tarafdorlariga 2024-yilda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida ishtirok etishini ma’lum qildi. Bu haqda Washington Post gazetasi nashri yozmoqda.
Yosh va reyting bo‘yicha ishonchsizliklar fonida Bayden o‘zining yana bir muddat rahbar bo‘lib qolish istagiga barchani ishontirishga urinmoqda, deyiladi xabarda. 2024 yilda Bayden 81 yoshga to‘ladi va uning harakatlarini hozirda aholining qariyb 36 foizi qo‘llab-quvvatlamoqda.
«Undan eshitgan yagona yaxshi narsam — u yana nomzodini qo‘yishni rejalashtirayotgani. Va men bundan xursandman»,— degan Baydenning do‘sti va sobiq demokrat senator Kris Dodd.
Floridalik advokat, partiyaning asosiy homiysi Jon Morgan Baydenning sog‘lig‘i unga yangi muddatga borishga imkon berishiga shubha qilmoqda.
«Kelgusi uch yil ichida uning sog‘lig‘i qanday bo‘ladi? Men nima haqida gapirayotganimni tushunish uchun Amerikadagi o‘lim jadvallarini ko‘rib chiqish kifoya»,— deya ta’kidlagan u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bayden operatsiyaga kirganida vitse-prezident Kamal Xarris prezident vakolatlarini bajargandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter