Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tolibon» go‘zallik salonlari faoliyatini taqiqladi

«Tolibon» go‘zallik salonlari faoliyatini taqiqladi

«Tolibon» harakati  rahbariyati mamlakatdagi ayollar uchun go‘zallik salonlarini yopishni buyurdi. Bu haqda Al Arabiya xabar bermoqda.

«Tolibon» hukumati Afg‘onistondagi barcha ayollar go‘zallik salonlari o‘z faoliyatini to‘xtatishi kerakligini buyurgan. Buning uchun ularga 10 kun muddat berilgan.

Bundan tashqari, harakat vakillari ayollarga savdo markazlarida ishlashni ham taqiqladi.

Ayni paytda ayollar uchun go‘zallik salonlarini yopmagan tadbirkorlarga qanday chora qo‘llanilishi aniq emas.

Eslatilib o‘tamiz, oldinroq «Tolibon» Afg‘onistonda sog‘liqni saqlash markazlarida ishlaydigan erkaklarga ayol bemorlarni ko‘rmaslikni, ayol shifokorlarga esa erkak bemorlarni ko‘rmaslikni buyurgan edi. 2022-yilning dekabr oyida esa harakat ayol va qizlarning universitet va o‘rta maktabda ta’lim olishini taqiqlab qo‘ygandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring