Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tolibon» AQSh va Rossiya harbiy vertolyotlarini qo‘lga kiritdi

«Tolibon» AQSh va Rossiya harbiy vertolyotlarini qo‘lga kiritdi

«Tolibon» harakati AQSh va Rossiyaga tegishli bo‘lgan harbiy vertolyotlarni qo‘lga kiritishgan. Bu haqda bir qator xorijiy manba ma’lum qildi va tolibonlarning vertolyot mingan videolari internetga joylashtirildi.

Jangarilar narxi 6 mln. dollar AQShning o‘sha mashhur «Qora qirg‘iy» (Blackhawk) nomli vertolyotini va Rossiyaning Mi-17 rusumli vertolyotini hech qanday jangsiz qo‘lga kiritishgan.

Tolibonlar Qandahor uzra Mi-17 vertolyotlarida uchib o‘tishgan va g‘alabani o‘ziga xos tarzda nishonlashgan. AQSh samolyotlari ehtiyot qismlari yetarli bo‘lmagani uchun hozircha ucholmayapti.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, «Tolibon» harakati poytaxt Kobul shahriga kirib bo‘lgan va shahar g‘arbidagi Kobul universitetini bosib olgan. Poytaxt tumanlaridan birigа o‘z bayroqlarini ilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring