Tokioda sakura gulladi

Tokioda sakura gullashni boshlagani rasman e’lon qilindi. The Japan Times yozishicha, dushanba, 24 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 14:00 da Yasukuni ibodatxonasidagi mashhur daraxt gulga kirganini Meteorologiya agentligi e’lon qildi.
Sakura gullash mavsumi bu safar 2024-yilgidan besh kun avval boshlandi.
«Yaponiya meteorologiya uyushmasiga ko‘ra, oxirgi haftada kuzatilgan iliq havo sakuraning erta gulga kirishiga sabab bo‘lgan. Gullash avjiga chiqishi bir haftadan so‘ng, agar iliq havo saqlanib tursa undan ham ertaroq, kuzatilishi aytilmoqda», — deyiladi xabarda.
Mavsumni och pushtirang gullari bilan ajralib turuvchi «somei-yosino» navli sakuralar boshlab beradi. Sakura daraxti 80 foizga yaqin gullari ochilganida to‘liq gulga kirgan hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter