Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toqayev: Ijtimoiy tarmoqlarga kirishni cheklashdan ma’ni yo‘q»

Toqayev: Ijtimoiy tarmoqlarga kirishni cheklashdan ma’ni yo‘q»

Foto: «Global Look Press»

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev ijtimoiy tarmoqlardan faol foydalanishini, ularni blokirovka qilib qo‘yish befoyda ekanligini aytdi. Bu haqda Aleksey Pivovarovning «Prezident 2.0» hujjatli filmida ma’lum qilindi.

«Ijtimoiy tarmoqlarda o‘tiraman», — iqror bo‘ldi Toqayev.

Toqayev ijtimoiy tarmoqlarga kirishni cheklab qo‘yish mavzusini «qiyin masala» dedi.

«Zamonaviy dunyoda shilliqqurtga o‘xshab berkinib olish — imkonsiz. Baribir (ijtimoiy tarmoqlarga kirish taqiqlanganda) aylanma yo‘llar bilan Katta tarmoqqa ulanib olishadi. O‘z haqiqatingga ega bo‘lish, uni o‘sha ijtimoiy tarmoqlar orqali yetkaza olish — butunlay boshqa masala», — qo‘shimcha qildi siyosatchi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring