Shavkat Mirziyoyev Qasim-Jomart Toqayevni Respublika kuni bilan tabrikladi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevga ushbu mamlakatning milliy bayrami - Respublika kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi.
Davlatimiz rahbari o‘zbekistonliklar qardosh Qozog‘iston xalqining quvonchiga samimiy sherik ekanini ta’kidlab, Qasim-Jomart Toqayevga mustahkam salomatlik, mas’uliyatli davlatchilik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, Qozog‘iston xalqiga esa farovonlik, baxtu saodat va doimiy ravnaq tiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter