Tojikistonlik ikki futbolchi o‘zbek klublarida ko‘rikdan o‘tadi
Dushanbening «Istiqlol» klubi ikki futbolchisi faoliyatini O‘zbekistonda davom ettirishga yaqin turibdi. Tojik jurnalistlarining yozishicha, ular o‘zbek klublari ko‘rigidan o‘tyapti.
Avvalroq Jahongir Aliyevning «Nasaf» ko‘rigida ekani ma’lum bo‘lgan edi. Bugun taqatilgan xabarlarga ko‘ra, Dmitriy Barkov Toshkentning «Lokomotiv» klubida sinovdan o‘tish uchun jo‘nab ketgan.
Ma’lumot uchun, ayni paytda «Nasaf» Turkiyada, «Lokomotiv» esa Birlashgan arab amirliklarida o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini davom ettirmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter