Tojikistondan Toshkent va Buxoroga aviareyslar yo‘lga qo‘yiladi
Tojikistonning «Somon Air» aviakompaniyasi Dushanbe-Toshkent-Dushanbe yo‘nalishida parvozlarni qayta tiklaydi. Bu haqda «News.tj» xabar qildi.
28 iyul kuni Dushanbedan Toshkentga birinchi Somon Air - Boing 737-300 avialayneri parvoz qildi.
«Uchish vaqti 45 daqiqani tashkil qiladi, ushbu yo‘nalish bo‘yicha parvozlar juma kunlari amalga oshiriladi»,- deyiladi kompaniya xabarida.
Bundan tashqari, avgust oyida aviakompaniya Tojikiston tarixida ilk bor Dushanbe-Buxoro-Dushanbe yo‘nalishida ham parvozlarni yo‘lga qo‘yadi.
Ushbu reysning to‘liq tafsilotlari haqida keyinchalik xabar qilinishi aytilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter