Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tojikistonda yana zilzila sodir bo‘ldi. Yer silkinishi vodiyda ham sezildi

Tojikistonda yana zilzila sodir bo‘ldi. Yer silkinishi vodiyda ham sezildi

Bugun, 23-fevral kuni Toshkent vaqti bilan 16:24 da (23.02.2023-yil, Grinvich bo‘yicha 11:24 da) Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.

Zilzila koordinatalari: 38,2 gradus shimoliy kenglik; 73 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 470 km janubiy-sharqda.

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

  • Farg‘ona viloyatida 2 ball, 264 km.
  • Andijon viloyatida 2 ball, 292 km.

Eslatib o‘tamiz, bugun Tojikistonda dastlab sodir bo‘lgan zilzila kuni O‘zbekistonning deyarli barcha hududida sezildi, so‘ng yana bir necha bor yer qimirladi.

Xatarlisi, Tojikistondagi zilzilalar Sarez ko‘liga yaqin hududda kuzatilmoqda. Bu O‘zbekiston uchun qanday xavf tug‘dirishi haqida ham to‘xtalib o‘tgandik.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring