Tojikistonda sel oqizgan yana uch ayol va bir erkakning jasadi topildi
Tojikistonda 27 avgust kuni seldan halok bo‘lganlar soni 17 kishiga yetdi.
Kuni kecha Kofarnixon daryosidan sel oqizib ketgan yana to‘rt kishi - uch ayol va bir erkakning jasadi topilgan.
Avvalroq, Vahdat tumanida 11 kishi, Rudakiy tumanida esa 2 kishi, jami 13 kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zgidromet joriy yilning 30-31 avgust kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel xavfi borligidan ogohlantirgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter