Tojikistonda ketma-ket ikkita zilzila sodir bo‘ldi

Bugun, 18 mart kuni Toshkent vaqti bilan 16:29 va 16:35 da Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Dastlabki zilzila koordinatalari: 39,39 gradus shimoliy kenglik; 69,91 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,3. Chuqurlik 60 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 217 km janubiy-sharqda.
Ikkinchi zilzila koordinatalari: 39,26 gradus shimoliy kenglik; 69,88 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4. Chuqurlik 30 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 230 km janubiy-sharqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter