Tojikistonda 108 yoshli urush qatnashchisi uchun shaxsiy parad uyushtirildi
Rossiyaning Tojikistondagi 201-harbiy bazasi harbiy xizmatchilari Ikkinchi jahon urushi faxriysini Raketa kuchlari kuni bilan tabrikladi. Bu haqda «MIR 24» telekanali xabar bergan.
108 yoshni qarshilagan Rashid Karimov Stalingrad janglari va Berlinga hujum qilishda ishtirok etgan. Urush qatnashchisiga «G‘alabaning 75 yilligi» esdalik medali, tort va gullarni topshirishdi.
«Artilleriyachi urush qatnashchisini Raketa kuchlari kuni bilan tabriklash men uchun katta sharaf. Eng qizig‘i, urush voqealari haqida televizor va kitoblardan emas, haqiqiy afsona, tirik inson bilan suhbatlashib bilib oldim», — deya ta’kidladi 201-harbiy baza artilleriya batareyasi komandiri Dmitriy Nemechkin.
Rashid Karimov 1945-yilning oxirida jonajon qishlog‘iga qaytib borib, uzoq yillar davomida tarix o‘qituvchisi sifatida faoliyat ko‘rsatgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter