Tohir Aripov Toshkent viloyati IIB boshlig‘i etib tayinlandi

14-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida bo‘lib o‘tgan selektor yig‘ilishida Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Abdumalik Abduqodirovich Allamurodov ishdan olingani haqida xabar berilgandi.
«Uznews.uz»ning ma’lum qilishicha, joriy yilning 31-mayidan buyon Ichki ishlari vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Aripov Tohir To‘lqinovich Toshkent viloyati IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.
Shunday qilib, Tohir Aripov ushbu lavozimda 2018-yil yanvardan buyon ishlab kelayotgan podpolkovnik Abdumalik Allamurodovni almashtirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter