Togoda kambag‘allik sun’iy yo‘ldosh orqali aniqlanadi
G‘arbiy Afrika mintaqasida joylashgan Togo kompaniyasi Novissi(birdamlik) deb nomlangan maxsus yordam dasturini ishga tushirdi, u sun’iy intellekt yordamida Covid-19 pandemiyasi tufayli kambag‘allashgan odamlarni aniqlaydi. Rivojlanmagan mamlakatlarda nafaqat mablag‘ yetishmasligi balki, haqiqatan ham kim ko‘makka muhtojligini aniqlashning samarali usullarining yo‘qligi birinchi muammo. Chunki ko‘p odamlar norasmiy sektorda ishlaydi va shuning uchun ularning daromadi qayd qilinmagan. Togo hukumati shoshilinch yordamga muhtoj kishilarga yordam berish uchun innovatsion dasturni taqdim etdi.
Sun’iy yo‘ldosh orqali va ularning mobil telefonlaridan olingan ma’lumotlar tufayli endi eng kambag‘allarni aniqlash mumkin. Xo‘sh bu dastur qanday ishlaydi? Sun’iy yo‘ldoshlar qashshoqlik darajasini yerning yuqori aniqlikdagi tasvirlarini olish orqali o‘lchaydilar. Ushbu ma’lumotlar Togoning eng kambag‘al hududlarida yashovchilarning uylari tasvirlari asosida aniqlashga imkon beradi. Chunki kambag‘allar yashaydigan uylar boylarnikidan ancha farq qiladi. Masalan, ularning tomlari arzon, sifatsiz, eski materiallar bilan yopilgan bo‘ladi yoki kichik o‘lchamla yerlar, sifatsiz yo‘llar ham bu huddudda qanday odamlash yashashini bilish imkoni beradi. Bundan tashqari, sun’iy intellekt texnologiyasi odamlarning mobil telefonlaridan ma’lumotlarni to‘plashi ham mumkin. Daromadlari yuqori bo‘lganlar ko‘pincha ko‘proq qo‘ng‘iroq qilishadi va ularning qo‘ng‘iroqlari uzoqroq davom etadi. Shuningdek, ular ko‘proq xalqaro telefon qo‘ng‘iroqlarini amalga oshiradilar va qimmatroq ma’lumot to‘plamlari va tariflarni sotib oladilar.
Hukumat uch oy davom etgan sinov dasturini boshladi. 2020-yil aprel oyidan boshlab ma’muriyat erkaklar uchun 20 dollar va ayollarga 22 dollar oylik tarqatdi, ularning parvarishi tufayli ayollar ko‘proq pul olishdi. Mobil telefonlarga o‘tkazilgan ushbu pul 22 million dollarni tashkil etdi va 600 ming kishiga taqsimlandi. Biroq, hukumat har bir fuqaroga yordam berish uchun mablag‘ga ega bo‘lmagani sababli, eng kambag‘allarni aniqlash uchun sun’iy aqldan foydalanishga qaror qilindi. Dasturga ariza berish uchun faqat ro‘yxatdan o‘tish uchun mobil telefondan raqamni terish kifoya, so‘ngra har bir aniq abonent to‘lovga yaroqliligini tekshirish mumkin.
Keyinchalik, 2020-yil noyabr oyida Togo hukumati dasturning to‘liq versiyasini ishga tushirdi, unga binoan 1 million kishi ro‘yxatdan o‘tdi va ma’muriyat 60 000 kishiga yana 4 million dollarni naqd pul bilan tarqatishni boshladi.
Dasturni Berkli shahridagi Kaliforniya universiteti tadqiqotchilari va Amerikaning Givi Directlu xayriya tashkiloti qo‘llab quvvatladi. Dastur qashshoqlik darajasidan past bo‘lgan odamlarga qaratilgan. BMTning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, Togoning 7,9 million aholisining 37,6 foizi katta o‘lchovli qashshoqlikda yashaydi va pandemiya vaziyatni yanada yomonlashtirishi mumkin, chunki ko‘p odamlar ishsiz qolishgan.
Xayriya tashkiloti ushbu tashabbus Togo aholisining qashshoqlik ta’siridan aziyat chekkan qishloq aholisiga katta yengillik keltirgani bois, 114 ming kishiga qo‘shimcha ravishda 10 million dollar ajratish orqali dasturni kengaytirishga intilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter