TIV Rossiyada pulsiz va pasportsiz qolgan hamyurtimizga yordam berdi
2019-yilning 27-aprel kuni O‘zbekistonning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasiga ish haqi va pasportini qaytarishda yordam so‘rab O‘zbekiston fuqarosi U.Abduvaliyev telefon orqali murojaat qilgan. Bu haqda TIV axborotida ma’lum qilindi.
Aniqlanishicha, ushbu fuqaro 2018-yil noyabr oyida Amur viloyatiga kelib ishga joylashgan va joriy yilning mart oyiga qadar hech qanday muammoga duch kelmagan. Lekin mart oyida ish beruvchi bilan kelishmovchilik tufayli unga oylik to‘lashmagan, pasportini qaytarib berishni rad qilishib o‘z harakatlarini mehnat patenti rasmiylashtirilgani uchun U.Abduvaliyevning qarzdor ekanligi bilan izohlashgan.
Bir necha marta muzokaralar o‘tkazib Bosh konsulxona mazkur masalani ijobiy hal etishga muvaffaq bo‘ldi. Natijada U.Abduvaliyevga pasporti va ushlab qolingan ish haqi qaytarildi. Hamyurtimiz temir yo‘l chiptasini sotib olib 10-may kuni tunda vatanga yo‘l oldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter