Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

TIV: Irkutskdagi suv toshqinlarida O‘zbekiston fuqarolari jabr ko‘rmagan

TIV: Irkutskdagi suv toshqinlarida O‘zbekiston fuqarolari jabr ko‘rmagan

O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra qator aholi punktlari, turar joy va infratuzilmadagi suv toshqini munosabati bilan Irkutsk viloyati hududida «favqulodda holat» rejimi joriy qilindi.

FVV hududiy bo‘linmasida xabar berishlaricha jarohatlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari qayd etilmagan.

Konsullik-huquqiy departamenti eslatib o‘tadiki, Rossiyaning Sibir federal okrugi (Buryad Respublikasi, Irkutsk viloyati, Hakas Respublikasi, Krasnoyarsk o‘lkasi, Kemerovo viloyati, Novosibirsk viloyati, Oltoy Respublikasi, Oltoy o‘lkasi, Omsk viloyati, Tomsk viloyati, Tuva Respublikasi, Zabaykale o‘lkasi) hududida bo‘lib turgan fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin: + 7 (383) 246-04-85; 246-04-63, 246-04-64; 246-04-84.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring