Boshqirdistonda olti nafar o‘zbekistonlik ayol is gazidan zaharlandi
O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra 2019-yil 4-maydan 5-mayga o‘tar kechasi Boshqirdiston Respublikasi Nurimonov tumanida oltita ayol is gazidan zaharlangan. Bu haqda TIV xabarida ma’lum qilindi.
«Ularning barchasi – xususiy uyda yashaydigan va mahalliy agrofirmada ishlaydigan O‘zbekiston fuqarolaridir.
Buni Bosh konsulxonaga Boshqirdiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tasdiqladi va ma’lum qildiki, ularning barchasi Nurimonov tumani markaziy kasalaxonasiga yotqizilgan. Tashxis: is gazidan zaharlanishning o‘rtacha darajasi» deyiladi xabarda.
Sog‘liq uchun hech qanday xavfning yo‘qligi tufayli barcha zaharlangan ayollarga 6-may kuni ruxsat berish rejalashtirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter