Tishlarni yuvish: nonushtadan oldinmi yo keyin?
Tishlarni yuvishga har kim o‘zicha yondashadi: ayrimlar nonushtagacha, ba’zilar esa keyin. Xo‘sh, qaysi biri to‘g‘ri? «Berliner kurer» nashri bu masalaga oydinlik kiritdi.
Aslida har ovqatlanishdan so‘ng tishlarni tozalash kerak. Ammo har doim ham sharoit bo‘lmagani uchun kuniga ikki mahal — nonushta va kechki ovqatdan keyin tishlarni yuvish tavsiya etiladi. Biroq bitta lekini bor.
Ovqatdan so‘ng tish emalining sezuvchanligi oshib ketadi
Ovqatlangandan so‘ng tish emalining sezuvchanligi oshib ketadi. Ovqatlanib bo‘liboq tishlarni yuvishga shoshilmang. Bu tishlar uchun zararli. Chunki taom tarkibidagi turli kislotalar tishlarga ta’sirini o‘tkazadi.
Masalan, meva sharbatlari kislotalarga mo‘l. Qolaversa, shakarga boy yeguliklar ham kislota manbai. Kislotalar ta’sirida zaiflashib qolgan tish emaliga tish cho‘tkasi shikast yetkazishi mumkin.
Tishlarni qachon yuvish kerak?
Stomatologlar ovqatdan keyin, ayniqsa, kislotaga boy ovqatlardan so‘ng, 30 daqiqagacha tishni yuvmay turishni tavsiya qilishadi. Bu orada tish mikroflorasi balansi tiklanishga ulguradi va tishlar tabiiy himoya tizimiga ega bo‘ladi.
Agarda yarim soat kutishga vaqtingiz bo‘lmasa, tishingizni ovqatlanishdan oldin yuving.
Tishni qancha vaqt yuvish kerak?
Katta yoshli insonlar o‘rtacha ikki daqiqani tishlarini yuvishga sarflashlari kerak. Yoshi ulug‘ insonlar va bolalar buning uchun sal ko‘proq vaqt ajratishsa foydadan xoli bo‘lmaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter